
"K2 Consult " kompaniyasi faoliyatining asosiy yo'nalishi SAP AG kompaniyasining ilg'or dasturiy mahsulotlari va yechimlari asosida tarmoq yechimlaridan foydalangan holda korxonalarni kompleks avtomatlashtirish hisoblanadi. Kompaniyamiz axborot texnologiyalari sohasida quyidagi yo'nalishlarda faoliyat yuritmoqda:
- CRM tizimlarini joriy etish bo'yicha konsalting xizmatlari
 - ERP tizimlarini joriy etish bo'yicha konsalting xizmatlari
 - Loyihalar ekspertizasi va loyihalar sifatini nazorat qilish
 - Biznes jarayonlarini tavsiflash va optimallashtirish
 - Joriy etilgan CRM va ERP tizimlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish
 - Tizimli integratsiyasi
 - Boshqaruv va IT-konsalting
 
	"K2 Consult " kompaniyasi buyurtmachi uchun quyidagi afzalliklarga ega kompleks loyihalarni amalga oshiradi:
 Mijozning biznes xususiyatlarini maksimal darajada hisobga olgan holda yechimlar yaratish
- Taklif qilingan yechimlarning "narx/sifat" afzallik nisbati
 - Yetakchi IT - kompaniyalar bilan hamkorlik
 - Yechimlarni tadbiq etish bo'yicha ishlarning to'liq siklini amalga oshirish - vazifani taqsimlashdan boshlab, buyurtmachi mutaxassislarini jalb qilgan holda, tizimni sanoat foydalanishiga topshirish
 - Rivojlanish investitsiyalari
 
